Python Basic — Google Forms uchun test matnlari
Darslikdagi blok testlari o’z-o’zini tekshirish uchun: javob darhol ochiladi. Baholanadigan variant kerak bo’lsa, quyidagi tartibda Google Forms’ga ko’chiriladi.
Ko’chirish tartibi
“Ko’chirish tartibi” bo'limiga havolaforms.google.comda yangi so’rovnoma oching- Sozlamalar (⚙) → Quizzes → «Make this a quiz» yoqiladi
- Sozlamalar → Responses → Collect email addresses
- Sozlamalar → Presentation → Shuffle question order
- Har savol turi: Multiple choice, 4 variant, 1 ball
- «Answer key» da to’g’ri variantni belgilang va Feedback maydoniga darslikdagi izohni ko’chiring — eng foydali qism aynan shu, chunki izohda dars raqami ham bor
Savol matnlari darslikda tayyor turibdi:
- 1-blok testi — 1–4 darslar
- 2-blok testi — 5–8 darslar
- 3-blok testi — 9–12 darslar
- 4-blok testi — 13–16 darslar
- 5-blok testi — 17–20 darslar
Javob kalitlari
“Javob kalitlari” bo'limiga havolaHar blokda 15 savol. Variantlar darslikdagi tartibda (A, B, C, D).
| № | 1-blok | 2-blok | 3-blok | 4-blok | 5-blok |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | B | C | B | B | B |
| 2 | B | B | B | C | C |
| 3 | B | A | B | B | B |
| 4 | C | B | B | B | B |
| 5 | C | B | B | B | B |
| 6 | B | B | A | B | B |
| 7 | B | B | B | B | B |
| 8 | B | B | B | B | B |
| 9 | C | B | B | B | B |
| 10 | B | B | C | B | B |
| 11 | C | B | B | B | B |
| 12 | B | B | B | B | B |
| 13 | B | B | B | B | B |
| 14 | C | B | B | B | B |
| 15 | B | B | B | B | C |
Ballash
“Ballash” bo'limiga havola15 savol, har biri 1 ball.
| Ball | Talqin | Nima qilinadi |
|---|---|---|
| 13–15 | Blok o’zlashtirilgan | Keyingi blokka o’tiladi |
| 10–12 | Asosiy g’oyalar bor | Xato savollarga mos darslar qayta o’qiladi |
| 7–9 | Bo’shliqlar bor | Blok simulyatorlari va <KodBashorat> bloklari qayta ishlanadi |
| 0–6 | Blok qayta o’tiladi | Test emas, dars muammosi — usulni o’zgartiring |
Oxirgi qatorga alohida e’tibor: butun sinf 6 dan past ball olsa, muammo o’quvchilarda emas. Eng ko’p uchraydigan sabab — «Bashorat qiling» bloki tashlab ketilgan va o’quvchilar kodni o’qimasdan ko’chirgan.
Amaliy topshiriq baholash varaqasi
“Amaliy topshiriq baholash varaqasi” bo'limiga havolaTest bilim tekshiradi, kod yozish ko’nikmasini esa yo’q. Shu sababli har blokdan keyin bitta amaliy topshiriq ham beriladi va u shu mezon bilan baholanadi:
| Mezon | Ball |
|---|---|
| Kod xatosiz ishga tushadi | 0–2 |
| Topshiriq to’liq bajarilgan | 0–3 |
| Chegara holatlari tekshirilgan (nol, manfiy, bo’sh) | 0–3 |
| Nomlar ma’noli, chekinish tekis | 0–2 |
| 4–5-blok: funksiyalarga bo’lingan | 0–2 |
5-blok: assert testlari bor |
0–3 |
Yakuniy loyiha mezonlari alohida: Qatlam topshiriqlari mezonlari.