Python Basic — Qatlam topshiriqlari mezonlari
Qatlam topshiriqlarining ko’pchiligida bitta to’g’ri javob yo’q — ular kod yozish topshiriqlari. Shuning uchun bu yerda javob kaliti emas, nimani izlash kerakligi yozilgan.
Umumiy mezon — barcha darslarga
“Umumiy mezon — barcha darslarga” bo'limiga havola| Mezon | Ball | Nimaga qaraladi |
|---|---|---|
| Ishlaydi | 1 | Kod xatosiz ishga tushadi va topshiriqni bajaradi |
| Chegara tekshirilgan | 1 | Nol, manfiy son, bo’sh kirish sinab ko’rilgan |
| O’qiladi | 1 | Nomlar ma’noli, chekinish tekis, keraksiz kod yo’q |
Uch balldan uchtasi — to’liq. Ikkitasi — qabul qilinadi. Bittasi — qayta topshiriladi.
Asos qatlamida ikkinchi mezon yumshoq qo’llaniladi, chuqur qatlamida esa u asosiy mezon.
1-dars. Asos: print bilan uch qator chiqarilishi. Mustahkam: xatoni
ataylab chiqarib, SyntaxError qator raqamini to’g’ri o’qigani. Chuqur:
xatoning oldingi qatorda bo’lishi mumkinligini topgan javob — to’liq ball.
2-dars. Asos: nomlash qoidalari bajarilgan. Mustahkam: id() bilan
tekshiruv bor. Chuqur: sonlarda b = a xavfsiz, ro’yxatlarda esa yo’q degan
farqni sabab bilan ayta olsa — to’liq ball.
3-dars. Asos: // va % mos joyda. Mustahkam: pulni bo’lish masalasi
to’g’ri (qoldiq yo’qolmagan). Chuqur: 0.1 + 0.2 natijasini
CF 3-darsi bilan bog’lasa — to’liq ball.
4-dars. Asos: int(input(...)) to’g’ri qo’yilgan. Mustahkam: kasr son uchun
float(). Chuqur: foydalanuvchi harf kiritgan holat o’ylab ko’rilgan (himoya
hali try/except bilan bo’lmasa ham, muammo aytilgan bo’lsa yetadi).
5-dars. Asos: if/elif/else ishlaydi. Mustahkam: elif tartibi to’g’ri —
qattiq shart yuqorida. Chuqur: chegara qiymatlar (90, 89, 50) alohida
tekshirilgan.
6-dars. Asos: sikl ishlaydi va to’xtaydi. Mustahkam: uch qism aniq ko’rsatilgan. Chuqur: cheksiz sikl ataylab yasab, keyin tuzatilgan va sabab yozilgan.
7-dars. Asos: for va range to’g’ri. Mustahkam: to’rt naqshdan kamida
uchtasi ishlatilgan. Chuqur: maksimumni sonlar[0] dan boshlagan — bu asosiy
mezon; eng = 0 bo’lsa manfiy sonlar bilan sinab ko’rsatish kerak.
8-dars. Asos: ichma-ich sikl naqsh chiqaradi. Mustahkam: qadamlar soni hisoblangan. Chuqur: o’lchamni ikki barobar oshirganda ish to’rt barobar oshishini raqam bilan ko’rsatgan.
9-dars. Asos: ro’yxat amallari ishlaydi. Mustahkam: id() bilan aliasing
isbotlangan. Chuqur: nusxa olishning uch usuli va ular orasidagi farq
(copy(), [:], list()) — hammasi sirtqi nusxa ekani aytilgan bo’lsa,
to’liq ball.
10-dars. Asos: slicing to’g’ri. Mustahkam: «S» + s[1:] naqshi ishlatilgan.
Chuqur: satr metodlari zanjiri (strip().lower().replace(...)) va har biri yangi
satr yasashini tushungan.
11-dars. Asos: lug’at yaratilgan va aylanib chiqilgan. Mustahkam: so’z
sanash masalasi get() bilan. Chuqur: qadamlar sonini ro’yxatli yechim bilan
solishtirgan va to’plam amallari (kesishma, ayirma) ishlatilgan.
12-dars. Asos: ikki qavatli tuzilma. Mustahkam: uch qavat va qavat-qavat
murojaat. Chuqur: print(type(...)) bilan tekshiruv odati ko’rinib turgan
bo’lsa — to’liq ball.
13-dars. Asos: funksiya return bilan yozilgan va uch marta chaqirilgan.
Mustahkam: standart qiymatli parametr va bir funksiya ikkinchisini chaqiradi.
Chuqur: chegara holatlari (90, 89, 70, 50, 0, manfiy) tekshirilgan va manfiy
ball uchun qaror aytilgan — qaysi qaror bo’lishi muhim emas, asoslangani
muhim.
14-dars. Asos: chaqiruv steki qo’lda chizilgan. Mustahkam: UnboundLocalError
ikki xil tuzatilgan va parametr yo’lining afzalligi ikki sabab bilan. Chuqur:
traceback qatorma-qator izohlangan va «nega pastdan yuqoriga» savoliga javob
berilgan.
15-dars. Asos: sanoq(n) ishlaydi; print joyini almashtirib natija
o’zgarishini yozgan. Mustahkam: rekursiv va sikl variantlari solishtirilgan;
yigindi(2000) da RecursionError chiqishini izohlagan. Chuqur: ichma-ich
lug’atni aylanadigan rekursiv funksiya va uch chegara holati.
16-dars. Asos: ikki fayl bir papkada, import ishlaydi. Mustahkam: modul
ikki marta import qilinganda print bir marta chiqishini izohlagan; import
ning uch shakli sinab ko’rilgan. Chuqur: random.py tuzog’i qayta yasab
ko’rilgan va __pycache__ roli aniqlangan.
17-dars. Asos: uch traceback uch qismga ajratilgan. Mustahkam: try/except
bilan himoya va har chegara holat uchun qaror. Chuqur: debugger va print
usullari vaqt bilan solishtirilgan.
18-dars. Asos: CSV o’qilgan va «a» rejimi ishlatilgan. Mustahkam: uch naqsh
va bo’sh qatordan himoya. Chuqur: faylga yozish va uch chegara holat; ichida
vergul bo’lgan ism uchun qaror aytilgan (qo’shtirnoq bilan o’rash yoki boshqa
ajratuvchi) — qaror asoslangan bo’lsa to’liq ball.
19-dars. Asos: uch assert. Mustahkam: to’rt chegara holati va buzuq
versiyani ushlagan test aniqlangan. Chuqur: qayta yozilgan kod, uch punktli
solishtirish va bo’sh kirish uchun qaror testda yozilgan.
20-dars — yakuniy loyiha. Uch qatlam alohida baholanadi.
| Qatlam | Talab | Majburiy shart |
|---|---|---|
| Asos | turtle naqshi, input() bilan rang va tomonlar soni |
Kamida bitta funksiya va bitta sikl |
| Mustahkam | CSV dan hisobot: o’rtacha, eng yuqori, eng past, 5 olganlar soni | Uch funksiya, with open + encoding, bo’sh qatordan himoya |
| Chuqur | Yuqorisi + testlar, try/except, alohida modul, README.md |
Har funksiyaga 3 assert, to’rt chegara holati |
Chuqur qatlamda qo’shimcha shart: agar biror qismda AI ishlatilgan bo’lsa,
README.md da uch qator bo’lishi kerak — qaysi qismda ishlatildi, nima
tekshirildi, qaysi xatoni topdi. Bu 20-darsning
mavzusi va u baholanadigan mezon.