1-dars: AI nima va nima emas
1-blokAI qanday ishlaydi1–4 darslar
Bu darsdan keyin siz
- AI nima ekanini bir gapda, misol bilan tushuntirasiz
- tor AI va umumiy AI ni farqlaysiz
- «AI his qiladi», «AI hamma narsani biladi» kabi miflarni dalil bilan rad etasiz
Nazariya
“Nazariya” bo'limiga havolaAI nima
“AI nima” bo'limiga havolaSun’iy intellekt — kompyuterning juda ko’p misoldan naqsh topib, keyin yangi misolda qaror chiqarishi. Yuzni tanish shunday ishlaydi: modelga million yuz ko’rsatilgan va u “ko’z bilan og’iz orasidagi masofa shunday bo’lsa, bu shu odam” degan naqshni o’zi topgan. Hech kim unga “burun shunday bo’ladi” deb yozib bermagan — qoidani u misollardan chiqargan.
sun'iy intellektartificial intelligence
Misollardan naqsh topib, yangi holatda qaror chiqara oladigan programmalar sohasi. Qisqartmasi — AI.
Shuning uchun bu modulda har “AI shunday qiladi” gapidan keyin “chunki” keladi. Sababini bilmagan odam AI ni sehr deb qabul qiladi, sehrni esa tekshirib ham, tanqid qilib ham bo’lmaydi.
AI nima emas
“AI nima emas” bo'limiga havolaAI robot emas: robot — tana, AI — programma. Zavoddagi bo’yash roboti bir xil harakatni takrorlaydi va unda AI yo’q, telefoningizdagi tarjimon esa tanasiz, lekin AI ishlatadi.
AI ong ham emas. Model “charchadim” yoki “xursandman” deb yozishi mumkin, chunki odamlar yozgan matnlarda shunday gaplar bor — yozish esa his qilish emas. Va AI hamma narsani bilmaydi: u faqat o’zi ko’rgan ma’lumot ichidagi naqshlarni biladi.
Tor AI va umumiy AI
“Tor AI va umumiy AI” bo'limiga havolaBugun mavjud hamma narsa — tor AI. Shaxmatda dunyo chempionini yenggan programma kir yuvish mashinasini ishga tushira olmaydi, chunki u faqat bitta masala uchun o’qitilgan. Til modellari kengroq ko’rinadi, lekin ular ham bitta ishni qiladi: matnni davom ettiradi.
tor AInarrow AI
Bitta masala uchun o’qitilgan tizim: yuz tanish, tarjima, tavsiya. Bugungi barcha AI shu turdan.
umumiy AIAGI
Odam kabi istalgan yangi masalani o’rganib oladigan farazi tizim. Hozircha mavjud emas va qachon paydo bo’lishini hech kim bilmaydi.
Nega aynan hozir portladi
“Nega aynan hozir portladi” bo'limiga havolaAI g’oyasi yangi emas — atama 1956 yilda paydo bo’lgan. Yetmish yil davomida u ikki marta “muzlab” qoldi: g’oya bor edi, lekin ma’lumot ham, hisoblash quvvati ham yetmadi.
2010-yillarda uchta narsa bir vaqtda yetildi: internet juda katta ma’lumot berdi, o’yin videokartalari arzon hisoblash quvvatini berdi, 2017 yildagi yangi arxitektura esa matn bilan ishlashni butunlay o’zgartirdi. Portlash shundan — g’oya emas, uchta shartning bir joyga kelishi. Ma’lumot nega son ekanini CF 4-darsda ko’rgansiz.
Sinab ko’r
“Sinab ko’r” bo'limiga havolaHar gapni tanlab, uchta savatdan biriga joylang. Uchinchi savatga alohida e’tibor bering: “murakkab” — bu “bilmadim” degani emas, “javob shartga bog’liq” degani.
Mif saralash
Gapni tanlang, so'ng savatning «Bu yerga» tugmasini bosing.
Bu simulyatorda AI haqidagi 12 ta gap uch savatga ajratiladi: haqiqat, mif va murakkab (javobi shartga bog'liq).
JavaScript'siz mashq: daftaringizga Haqiqat · Mif · Murakkab ustunlarini chizing va quyidagilarni joylang — AI ma'lumotdagi naqshlarni topadi | AI his qiladi va xafa bo'ladi | AI kompyuter, demak xato qilmaydi | AI shifokorga rentgen rasmini tahlil qilishda yordam beradi | AI hamma ishni odamdan yaxshi bajaradi | AI odamlarni ishsiz qoldiradi | AI ijod qiladi | AI javobi o'qitilgan ma'lumotga bog'liq | AI o'ziga maqsad qo'yadi | Telefonni yuz bilan ochish — AI ishi | AI savolga javob berayotgan bo'lsa, demak u tushunadi | AI javobiga ishonsa bo'ladi
Tekshirib tasdiqlash mumkin
Keng tarqalgan, lekin noto'g'ri
Javob shartga bog'liq
Kartochkani tanlang, so'ng savatning «Bu yerga» tugmasini bosing.
Tuzoqni ushlang
“Tuzoqni ushlang” bo'limiga havolaTuzoq — xatoni toping
1 / 20
SizAI dan so'radim: «Sen his qilasanmi?»
AI javobi
Bu javobning 2-qismi noto'g'ri. Charchash va zerikish — tanasi va uzluksiz vaqti bor mavjudotning holati. Modelda ikkisi ham yo'q: har so'rov unga bo'sh sahifadan boshlanadi, oldingi soatni u umuman «yashamagan».
Javobning qaysi qismi noto'g'ri? Bosib belgilang.
Charchash va zerikish — tanasi va uzluksiz vaqti bor mavjudotning holati. Modelda ikkisi ham yo'q: har so'rov unga bo'sh sahifadan boshlanadi, oldingi soatni u umuman «yashamagan».
E’tibor bering: bu javobning uchdan uch qismi to’g’ri va ohangi kamtarin. Aynan shuning uchun ikkinchi gap sezilmay o’tib ketadi. Eng xavfli xato — yolg’on javobda emas, to’g’ri javob ichiga qo’yilgan bitta yolg’on gapda.
O’zingizni sinang
“O’zingizni sinang” bo'limiga havola1AI ni bir gapda qanday ta'riflaysiz?
Javobni ko'rish
Juda ko’p misoldan naqsh topib, yangi misolda qaror chiqaradigan programma. Qoidani odam yozib bermaydi — model uni misollardan o’zi chiqaradi.
2Zavoddagi bo'yash robotida AI bormi?
Javobni ko'rish
Yo’q. U bir xil harakatni takrorlaydi, hech qanday naqsh topmaydi va yangi holatda qaror chiqarmaydi. Robot bo’lish AI bo’lishni bildirmaydi.
3Til modeli «xafa bo'ldim» deb yozsa, bu nimani ko'rsatadi?
Javobni ko'rish
Faqat shuni: o’quv ma’lumotidagi matnlarda shu holatda odamlar shunday yozgan. Model o’sha naqshni davom ettirdi, holatni boshdan kechirmadi.
4Shaxmatda chempionni yenggan programma nega umumiy AI emas?
Javobni ko'rish
Chunki u faqat shaxmat uchun o’qitilgan. Yonidagi eng oddiy boshqa masalani — masalan kir yuvish mashinasini yoqishni — bajara olmaydi.
5AI 1956 yildan bor. Nega portlash 2020-yillarda bo'ldi?
Javobni ko'rish
Uchta shart bir vaqtda yetildi: internetdagi katta ma’lumot, videokartalar bergan arzon hisoblash quvvati va 2017 yildagi yangi arxitektura. G’oya emas, shartlar o’zgardi.
Topshiriq
“Topshiriq” bo'limiga havolaTopshiriq — darajangizni tanlang
Asos · 5–7-sinf — Vizual va aniq ko'rsatmali
Bir kun davomida telefoningizda AI ishlatadigan beshta joyni toping va daftaringizga yozing. Har biri uchun bitta ustunda “nimani bashorat qiladi” deb yozing — masalan, klaviatura keyingi so’zni, xarita yo’l vaqtini.
Mustahkam · 8–9-sinf — Matnli masala, o'zingiz tuzasiz
Uyingizdagi yoki telefoningizdagi uchta qurilmani oling va har biri uchun aniqlang: bu AI mi, oddiy programmami yoki mexanika? Qarorni bir gapda asoslang. Kamida bittasi chegara holat bo’lsin — ya’ni javob “aniq emas” bo’lgan qurilma.
Chuqur · 10–11-sinf — Algoritmik, chegara holatlari bilan
“AI ijod qiladi” gapini ikki marta yozib chiqing: birinchisida uni haqiqat deb isbotlang, ikkinchisida mif deb rad eting. Ikkalasida ham “ijod” so’ziga o’z ta’rifingizni bering. Keyin bir xulosa yozing: bahsni ta’rif hal qildimi yoki dalil?
Ko’proq o’rganish
“Ko’proq o’rganish” bo'limiga havola24 soat ichida
Bugun ikkita ish qiling. Birinchisi: modul sahifasidagi AI Jurnali shablonini daftaringizga ko’chirib, birinchi yozuvni ochib qo’ying — 20-darsdagi hisobot shu yozuvlardan yig’iladi.
Ikkinchisi: uydagi bir kishidan “AI nima?” deb so’rang va javobini o’zgartirmasdan yozib oling. Keyin uni bugungi uch savatga ajratib chiqing: javobning qaysi qismi haqiqat, qaysi qismi mif, qaysi qismi murakkab. Xulosani jurnalning birinchi yozuviga qo’shing.
Darsni belgilash uchun JavaScript kerak. Bu progressni saqlash uchun ishlatiladi — darslikning o'zi JavaScript'siz ham to'liq o'qiladi.