Maktab bosqichlari — 1-sinfdan 11-sinfgacha
Bu asosiy yo’l. Sport dasturlash va AI muhandisligi undan 4-bosqichda tarmoqlanadi, shuning uchun ularni tanlagan o’quvchi ham avval shu xaritani ko’rib chiqadi.
Bosqichlar
“Bosqichlar” bo'limiga havolaHar tugunni bosib ichini oching: u yerda tavsif, taxminiy vaqt, tekshiruv va havola turadi. Tugunni uch holatdan biriga belgilashingiz mumkin va belgilar shu brauzerda saqlanadi.
- Umumiy vaqt
- ~11 yil · haftasiga 1–8 soat (sinf oshgani sari ko'payadi)
- Kimga
- Har bir o'quvchi va o'qituvchi uchun. Boshqa ikki yo'l shundan tarmoqlanadi.
- Yangilangan
Tugunlarni belgilash uchun JavaScript kerak. Xaritaning o'zi quyida to'liq ochiq turibdi —32 tugun, 5 bosqich.
032 tugundan bajarildi
1 · Fikrlash
1–4-sinf · kompyuter emas, fikrlash tartibi
~4 yil · haftasiga 1–2 soat
Ketma-ketlik~1 oy
Buyruqlar tartibi natijani o'zgartiradi. Bola avval qog'ozda, keyin bloklarda ko'radi: «avval poyabzal, keyin paypoq» nima uchun ishlamaydi.
TekshiruvBeshta blokdan iborat animatsiyani tartibini o'zgartirib, natija farqini aytib beradi.
ScratchJrBizda hali yo'q — tashqi manba
Sikl va shart~2 oy
Takrorlash va tanlov — programmalashning ikki asosiy g'oyasi. Bu yoshda ular kod emas, blok sifatida o'rganiladi.
TekshiruvEkranda 10 marta aylanadigan va devorga tegsa to'xtaydigan sprayt yasaydi.
ScratchBizda hali yo'q — tashqi manbaingliz va rus tilida
Xatoni tuzatish~1 oy
Programma ishlamasa — bu falokat emas, oddiy holat. Bu yerda eng muhim odat shakllanadi: kodni ayblash emas, sabab izlash.
TekshiruvBoshqa o'quvchining ishlamayotgan loyihasidagi xatoni topib, nima uchun ekanini aytadi.
Code.org — Express CourseBizda hali yo'q — tashqi manba
Dekompozitsiya~1 oy
Katta ishni kichik bo'laklarga bo'lish. Bu ko'nikma keyin har modulda — funksiya, modul, xizmat nomi ostida qaytadi.
Tekshiruv«Choy damlash» ni 8 ta aniq qadamga bo'ladi va birortasini tashlab ketmaydi.
CS Unplugged — kompyutersiz mashqlarBizda hali yo'q — tashqi manba
O'n barmoq bilan yozishkuniga 10 daqiqa · ~1 yil
3-sinfdan boshlanadi va oxirigacha davom etadi. Sekin yozadigan o'quvchi keyin kod yozishda emas, klaviatura izlashda charchaydi.
TekshiruvKlaviaturaga qaramasdan daqiqasiga 25 belgi yozadi.
RatatypeBizda hali yo'q — tashqi manbarus va ingliz tilida
Bosqich sinoviScratch'da o'z o'yinini yasaydi va sinf oldida qanday ishlashini tushuntirib beradi.
2 · Poydevor
5–6-sinf · mashina ichida nima bo'layotgani va birinchi kod
~1,5 yil · haftasiga 3–4 soat
Kompyuter nima1 hafta
Universal mashina g'oyasi va IPOS: kirish, ishlov, chiqish, saqlash. Butun modul shu to'rt so'zga osiladi.
TekshiruvBankomatni IPOS bo'yicha to'rtga ajratib yozasiz.
Bit va ikkilik sanoq2 hafta
Nima uchun mashina 0 va 1 dan boshqa narsani bilmaydi, va shunga qaramay rasm ham, ovoz ham unga sig'adi.
Tekshiruv10011 ni o'nlikka, 45 ni ikkilikka qog'ozda o'girasiz.
Mantiq va darvozalar2 hafta
AND, OR, NOT — uchta amaldan butun protsessor quriladi. Tranzistordan darvozagacha bo'lgan sakrash shu yerda ko'riladi.
TekshiruvUch kirishli haqiqat jadvalini to'ldirib, natijani darvozalar sxemasi bilan chizasiz.
O'z protsessoringizni yig'ish~1 oy
Summator, registr, mashina kodi va yig'ilgan CPU. Bu bosqichning eng qiyin va eng qimmatli qismi.
Tekshiruvnandgame'da yarim summatordan ALU gacha bo'lgan darajalarni yakunlaysiz.
Xotira, OS va fayl3 hafta
Kesh, RAM va disk nima uchun uch xil narsa; operatsion tizim nimani boshqaradi; fayl aslida qayerda yotadi.
TekshiruvTerminalda papka yasab, fayl ko'chirib, o'chirib ko'rsatasiz.
Tarmoq va internet2 hafta
Paket, IP, router, DNS va HTTP. «Internet» va «Web» ikki xil narsa ekani shu yerda ochiladi.
TekshiruvManzil satriga sayt nomi yozilgandan keyingi olti qadamni tartib bilan aytasiz.
Python muhitini sozlash1 kun
Python va tahrirlagichni o'z kompyuteringizga o'rnatasiz. Bu bir marta qilinadi va keyin qaytmaydi.
TekshiruvTerminalda Python versiyasi javob beradi va o'z faylingiz ishga tushadi.
O'zgaruvchi, tur va kirish/chiqish3 hafta
Yorliq modeli, son va satr farqi, input va print. Birinchi haqiqiy programmalar shu yerda yoziladi.
TekshiruvIkki sonni so'rab, yig'indisini chiqaradigan programmani yordamsiz yozasiz.
Shart va sikl~1 oy
if, while va for. Bu ikki g'oya bilan programma «ro'yxat» bo'lishdan to'xtaydi va qaror qabul qila boshlaydi.
Tekshiruv1 dan 100 gacha 3 ga bo'linadiganlarning yig'indisini sikl bilan hisoblaysiz.
Bosqich sinovinandgame'da protsessorni darvozalardan yig'adi va Python'da to'rt amalli kalkulyator yozadi.
3 · Qurish
7–8-sinf · loyiha, algoritm va birinchi ommaviy natija
~2 yil · haftasiga 5–8 soat
Ro'yxat, satr va lug'at~1 oy
Ma'lumotni saqlashning uch asosiy shakli. Qaysi biri qachon kerakligini bilish — keyingi hamma narsaning kaliti.
TekshiruvMatndagi har so'z necha marta uchraganini lug'at bilan sanaysiz.
Funksiya va rekursiya~1 oy
Def, return, qamrov va chaqiruv steki. Rekursiya shu yerda birinchi marta qo'rqinchli emas, foydali bo'lib ko'rinadi.
TekshiruvFaktorialni ham sikl bilan, ham rekursiya bilan yozib, farqini tushuntirasiz.
Fayl, CSV va test3 hafta
Programma endi o'z ichida yopilib qolmaydi: u fayldan o'qiydi, natijani yozadi va o'zini tekshiradi.
TekshiruvCSV faylni o'qib, uchta xulosa chiqarasiz va yechimingizga beshta tekshiruv yozasiz.
Yakuniy Python loyihasi2 hafta
Modulning yakuni: real muammoni tanlab, ishlaydigan programma yozasiz va AI yozgan kodni tekshirishni o'rganasiz.
TekshiruvBoshqa odam sizning README'ingizni o'qib, programmani o'zi ishga tushira oladi.
Git va GitHub3 hafta
Kod tarixi, orqaga qaytish va loyihani ommaga ko'rsatish. Portfolio aynan shu yerdan boshlanadi.
TekshiruvLoyihangiz GitHub'da turibdi, kamida 10 ta ma'noli commit bilan.
Git — qisqa qollanmaBizda hali yo'q — tashqi manbarus va ingliz tilidaRejadagi modul
Algoritmik fikrlash~1 oy
Algoritm nima, to'liq izlash va yuz million qoidasi. Bu yerda «ishlaydi» va «yetarlicha tez ishlaydi» ajralib chiqadi.
TekshiruvBerilgan yechim yuz ming elementda sig'adimi degan savolga hisob bilan javob berasiz.
Bronza darajasi~2 oy
Prefiks yig'indi, saralash, ikkilik qidiruv va ochko'zlik. Maktab olimpiadasi darajasi shu yerda tugaydi.
TekshiruvAlgorithms 1-daraja testidan sakkiztadan kamida oltitasini to'g'ri yechasiz.
AI asoslari~2 oy
Model nima, token nima, gallyutsinatsiya nima uchun bo'ladi va javobni qanday tekshirish kerak. Bu bosqichda AI vositaga aylanadi, sehrga emas.
Tekshiruv20 ta tuzoqdan kamida 14 tasini birinchi urinishda ushlaysiz.
Bosqich sinoviGitHub'da README'si bor uchta loyiha turadi va maktab olimpiadasida qatnashadi.
4 · Ixtisoslashuv
9–10-sinf · yo'nalish tanlanadi va chuqurlashadi
~2 yil · haftasiga 8–12 soat
Yo'lni tanlash1 hafta
Uchala yo'lni ochib ko'ring va bittasini asosiy qilib oling. Tanlov qaytarib bo'lmaydigan narsa emas, lekin ikkitasini bir vaqtda olib borish ikkalasini ham sekinlashtiradi.
TekshiruvTanlagan yo'lingizni va nima uchun tanlaganingizni bir abzatsda yozasiz.
Sport dasturlash shoxi~8 oy
Kumush va Oltin darajalar: ikki ko'rsatkich, stek, graf, DFS, BFS, Dijkstra. Viloyat bosqichi darajasi.
TekshiruvCodeforces Div3 ning C masalasini yordamsiz yechasiz.
AI muhandisligi shoxi~10 oy
Muhandislik poydevori va ma'lumot bilan ishlash: Git, SQL, API, numpy, pandas, tozalash va vizualizatsiya.
TekshiruvIflos CSV'ni tozalab, beshta xulosa chiqarib, grafik bilan ko'rsatasiz.
Veb va backend shoxi~10 oy
HTML, CSS, JS, backend til, ma'lumotlar bazasi va deploy. Bu yo'lning to'liq xaritasi hali yozilmagan — hozircha modul rejasi va tashqi manba.
TekshiruvTelefonda ham to'g'ri ko'rinadigan shaxsiy saytingiz internetda ochiladi.
MDN — Web ni organishBizda hali yo'q — tashqi manbaRejadagi modul
Maktab matematikasi — jiddiydavomiy
Uchala yo'lda ham bir xil to'siq shu. Kombinatorika, ehtimollik va funksiya tushunchasi maktabda o'rganilmasa, keyin qoldirilgan qarz bo'lib qaytadi.
TekshiruvSinfdagi matematika bahoyingiz 9-sinfda ham tushmagan.
Khan AcademyBizda hali yo'q — tashqi manbao'zbek va ingliz tilida
Texnik ingliz tilidavomiy
Hujjat, xato matni va manba — hammasi inglizcha. Gapirish emas, O'QISH kerak, va bu ancha oson maqsad.
TekshiruvStack Overflow javobini lug'atsiz o'qib tushunasiz.
Python rasmiy hujjatiBizda hali yo'q — tashqi manba
Bosqich sinoviTanlangan yo'lning 3-bosqichi to'liq tugaydi.
5 · Natija
11-sinf · portfolio, capstone va tashqi tan olinish
~1 yil · haftasiga 10–15 soat
Capstone loyihasi~4 oy
Bitta katta ish: real muammo, ishlaydigan yechim, hujjat va namoyish. Uchta kichik loyihadan ko'ra bitta tugallangan loyiha qimmatroq.
TekshiruvNotanish odam loyihangizni o'zi ishga tushirib, foydalana oladi.
Portfolio~1 oy
GitHub profili, uchta tugallangan loyiha, har birida README va skrinshot. Sertifikat emas, aynan shu ko'riladi.
TekshiruvProfilingizni ochgan odam bir daqiqada nima qila olishingizni tushunadi.
GitHub profil README qollanmasiBizda hali yo'q — tashqi manbaRejadagi modul
Olimpiada yoki universitet~6 oy
Ikki yo'l bir xil darajada jiddiy: respublika bosqichiga chiqish yoki universitetga tayyor hujjat bilan borish.
TekshiruvAriza topshirilgan yoki olimpiada bosqichida qatnashilgan — hujjat bilan.
Kichik sinfga o'rgatish~1 oy
Bilganingizni tushuntirish — bilimni tekshirishning eng qattiq usuli. Bir soatlik dars tayyorlash bir hafta o'qishga teng.
TekshiruvKichik sinfga bitta mavzuni tushuntirasiz va ular savol bera oladi.
Bosqich sinoviOmmaga ko'rsatiladigan bitta katta loyiha yoki olimpiada natijasi qo'lda bo'ladi.
Ota-onalar uchun qisqa izoh
“Ota-onalar uchun qisqa izoh” bo'limiga havolaBu jadval bola qancha «orqada» yoki «oldinda» ekanini o’lchash uchun emas. Bosqichlar sinfga bog’langan, chunki maktab shunday tuzilgan — lekin ular reja, muddat emas. Sekinroq ketayotgan o’quvchi bilan qilinadigan to’g’ri ish bittasi: bosqichni oxirigacha tugatib, keyingisiga o’tish. Ikkita bosqichni bir vaqtda olib borish deyarli har doim ikkalasini ham to’xtatadi.
Batafsil: o’qituvchi uchun sahifa.
Bu yo'l qayerdan olingan
Xarita quyidagi ochiq manbalardan yig'ildi va o'zbek maktabi sharoitiga moslandi. Har biriga bevosita borishingiz mumkin; aksariyati ingliz tilida.
- AI4K12 — Five Big Ideas in AIai4k12.org
- CSTA K-12 Computer Science Standardscsteachers.org
- UK Computing — National Curriculumgov.uk
- roadmap.shroadmap.sh
- Teach Yourself Computer Scienceteachyourselfcs.com
- OSSU — Open Source Society Universitygithub.com
Yo'l xaritasi eskiradi — ayniqsa AI yo'nalishida vositalar tez o'zgaradi. Shu sababli har sahifada yangilangan sanasi turadi va yo'llar olti oyda bir qayta ko'riladi.