Asosiy mazmunga o'tish

4-blok testi: O'z buyruqlaringizni yasash

4-blokO'z buyruqlaringizni yasash13–16 darslar

O’n besh savol, 13–16 darslar bo’yicha.

1return nima qiladi? A) Ekranga yozadi B) Qiymatni chaqirgan joyga qaytaradi C) Funksiyani qayta chaqiradi D) Xatoni to'xtatadi

Javobni ko'rish

B. print odam uchun, return programma uchun. (13-dars)

2return yozilmagan funksiya nima qaytaradi? A) 0 B) Bo'sh satr C) None D) Hech narsa qaytarmaydi va xato beradi

Javobni ko'rish

C. None bilan arifmetika qilsangiz TypeError chiqadi. (13-dars)

3return dan keyingi qatorlar bajariladimi? A) Ha B) Yo'q — funksiya darhol tugaydi C) Faqat shart bo'lsa D) Xato beradi

Javobni ko'rish

B. Bunday kod «o’lik kod» deb ataladi. (13-dars)

4Parametr va argument farqi nimada? A) Farqi yo'q B) Parametr — e'londagi nom, argument — chaqiruvdagi qiymat C) Teskarisi D) Parametr faqat sonlar uchun

Javobni ko'rish

B. Parametr — quti, argument — ichiga solingan narsa. (13-dars)

5Kadr (frame) nima? A) Kod bo'lagi B) Bitta funksiya chaqiruvi uchun ajratilgan joy C) Fayl D) Xato xabari

Javobni ko'rish

B. Funksiya tugaganda kadr va undagi barcha lokal nomlar bo’shatiladi. (14-dars)

6Funksiya ichida x = 99 yozdingiz, tashqarida ham x = 10 bor. Tashqi x nima bo'ladi? A) 99 B) 10 — funksiya yangi lokal x yaratdi C) Xato D) None

Javobni ko'rish

B. O’qish tashqariga chiqadi, yozish esa ichkarida qoladi. (14-dars)

7Chaqiruv steki qanday tartibda bo'shaydi? A) Ochilgan tartibda B) Teskari tartibda — oxirgi ochilgan birinchi yopiladi C) Tasodifiy D) Bir vaqtda

Javobni ko'rish

B. Bu CF 9-darsdagi CPU stekining aynan o’zi. (14-dars)

8UnboundLocalError nimani bildiradi? A) Nom yo'q B) Funksiya ichida o'zgaruvchiga yozilgani uchun u lokal deb hisoblangan, lekin qiymat berilmasdan o'qilgan C) Tur mos emas D) Modul topilmadi

Javobni ko'rish

B. Eng yaxshi yechim — qiymatni parametr orqali berish. (14-dars)

9Rekursiv funksiyaning ikki majburiy qismi qaysi? A) Sikl va shart B) Bazaviy holat va kichikroq masala C) Parametr va return D) if va else

Javobni ko'rish

B. Bittasi yo’q bo’lsa kod ishlamaydi. (15-dars)

10faktorial(4) da hisob qaysi tomondan boshlanadi? A) Yuqoridan: 4 dan B) Pastdan: bazaviy holat 1 qaytargandan keyin C) Ikki tomondan bir vaqtda D) Tasodifiy

Javobni ko'rish

B. Chaqiruvlar pastga tushadi, hisob esa yuqoriga qaytadi. (15-dars)

11RecursionError chiqdi. Birinchi navbatda nimani tekshirasiz? A) Xotirani B) Bazaviy holatni: u bormi va unga yetish mumkinmi C) Parametrlarni D) Chekinishni

Javobni ko'rish

B. Deyarli har doim muammo shu ikkisidan biri. (15-dars)

12Modul yasash uchun nima qilish kerak? A) Maxsus e'lon yozish B) Hech narsa — har .py fayl modul C) Papka yaratish D) Kutubxonaga qo'shish

Javobni ko'rish

B. Yonidagi fayldan import qilish kifoya. (16-dars)

13import bajarilganda nima bo'ladi? A) Kod ko'chiriladi B) Fayl topiladi, BIR MARTA bajariladi va natija eslab qolinadi C) Fayl har chaqiruvda qayta o'qiladi D) Faqat funksiyalar olinadi

Javobni ko'rish

B. Shuning uchun modul ichidagi print import paytida ishlaydi va ikkinchi import fayl bajarilishini takrorlamaydi. (16-dars)

14Nega faylni random.py deb nomlash mumkin emas? A) Nom band B) Skript papkasi standart kutubxonadan OLDIN qidiriladi, demak sizning faylingiz standart modulni bosib qo'yadi C) Python taqiqlaydi D) Sekin ishlaydi

Javobni ko'rish

B. Xato xabari aldamchi bo’ladi: import ishlaydi, funksiya topilmaydi (AttributeError). (16-dars)

15from modul import * nega ishlatilmaydi? A) Sekin B) Qaysi nom qayerdan kelganini bilib bo'lmaydi va nomlar bir-birini bosib qo'yadi C) Xato beradi D) Faqat eski Python'da ishlaydi

Javobni ko'rish

B. Aniq import har doim aniqroq: from modul import kerakli_nom. (16-dars)

Xato qilgan savollaringizga mos darslarni oching: 13-dars, 14-dars, 15-dars, 16-dars.

Keyin oxirgi — 5-blokka o’ting.