Asosiy mazmunga o'tish

Python Basic — dars rejalari (21 sahifa)

Yigirma bir sahifa: muhit-sozlash (0-dars) va 20 dars. Tuzilma bir xil bo’lgani uchun bu sahifada yigirmata jadval yozilmaydi — avval umumiy tuzilma, keyin har dars uchun urg’u, qarshilik va tayyorgarlik.

Vaqt Bosqich Nima bo’ladi
0–4 Kirish <Hayotda> blokini o’qituvchi o’qiydi. Bitta savol: «sizda shunday bo’lganmi?»
4–7 Maqsad Uch ko’nikma doskaga yoziladi. Dars oxirida shu uchtaga qaytiladi
7–18 Nazariya Bo’limlarni ketma-ket o’qish EMAS. O’qituvchi asosiy g’oyani aytadi, kod bloklarini o’quvchilar o’zlari terib ko’radi
18–25 Bashorat Majburiy. <KodBashorat> — har o’quvchi natijani daftariga YOZADI, keyin ovoz berish, keyingina ochiladi
25–34 Simulyator Individual yoki juftlikda, bilan qadamlab
34–39 Xatoni toping <Xato> bloki. Avval o’zlari topadi, keyin sabab ochiladi
39–43 Sinov <Sinov> savollari og’zaki, tez
43–45 Topshiriq <Qatlam> dan mos daraja tanlanadi va uy vazifasi aytiladi
Vaqt Bosqich
0–10 Nega VS Code: bir necha fayl, debugger, terminal bir joyda
10–35 Python o’rnatish. Add Python to PATH katagi — ekranga chiqarib ko’rsatiladi
35–50 VS Code o’rnatish va Python kengaytmasi (.vsix zaxirada bo’lsin)
50–65 Papka ochish (File → Open Folder), nomlash qoidalari
65–75 Interpretator tanlash: Ctrl+Shift+PPython: Select Interpreter
75–90 Birinchi programma, Run tugmasi, terminal
90–105 Terminal: python salom.py qo’lda ishga tushirish
105–120 Debugger: F5, breakpoint, Variables, F10. 17-darsda qayta ishlatiladi

Tanaffus 60-daqiqada. O’rnatish paytida navbatga tushgan o’quvchilarga fayl nomlash qoidalarini o’qish topshirig’i beriladi.


Dars Urg’u Sinfda chiqadigan qarshilik Tayyorgarlik
1 Interpretator «Kompyuter siz yozganingizni bajaradi» «Men shunday demoqchi edim» — aynan shu gap darsning mavzusi
2 O’zgaruvchi — yorliq a = b nusxa OLMAYDI «Lekin sonlar o’zgarmadi-ku» — to’g’ri, 9-darsda qaytamiz id() ni proyektorda ko’rsating
3 Turlar // va % amaliy ma’nosi «Nega / kasr beradi?» — pulni bo’lishda ikkalasi kerak
4 Kirish/chiqish input() har doim satr «Men son kiritdim-ku» — type() bilan ko’rsating Bu dars 17-darsdagi TypeError bilan bog’lanadi
Dars Urg’u Sinfda chiqadigan qarshilik Tayyorgarlik
5 if/elif elif tartibi natijani o’zgartiradi «Ikkalasi ham to’g’ri-ku» — 95 ballni sinab ko’rsating Baho qo’yish misolini doskaga chizing
6 while Siklning uch qismi Cheksiz sikl — Ctrl+C ni oldindan o’rgatib qo’ying Terminalda Ctrl+C ni ko’rsating
7 for/range To’rt naqsh, range(5) da 5 yo’q «Bittaga adashish» — chegarani doskada sanang
8 Ichma-ich sikl Qadamlar ko’paytiriladi «Sekin ishlayapti» — bu dars aynan shu haqda
Dars Urg’u Sinfda chiqadigan qarshilik Tayyorgarlik
9 Ro’yxat, aliasing Modulning eng og’ir darsi. b = a ikkinchi yorliq «Men nusxa oldim-ku» — id() bilan isbot Bu darsga vaqtni siqmang. Kerak bo’lsa Sinov qismini qisqartiring
10 Satr — o’zgarmas Yangisi yasaladi, o’zgartirilmaydi «Nega ro’yxatda mumkin, satrda yo’q?» — mutable/immutable
11 Lug’at Hash tufayli bir qadam «Ro’yxat ham ishlaydi-ku» — qadamlar sonini solishtiring
12 Ichma-ich tuzilma Har qavat bitta savolga javob beradi Uzun murojaatda chalkashish — print(type(...)) odati
Dars Urg’u Sinfda chiqadigan qarshilik Tayyorgarlik
13 Funksiya returnprint «Ekranda chiqdi-ku» — simulyatorning 3-qadamini ko’rsating Bu darsni shoshmasdan o’tkazing
14 Qamrov, stek Har chaqiruv o’z xonasi «Nega tashqi x o’zgarmadi?» — «Qamrov» varianti CF 9-darsni eslatib o’ting
15 Rekursiya Bazaviy holat + kichrayish «Bu sikl bilan osonroq» — to’g’ri, va bu ham javob «Bazasiz» variantini albatta ko’rsating
16 Modul, import Skript papkasi kutubxonadan oldin «Kodim nega ishlamayapti?» — random.py bo’lishi mumkin Papkada random.py yasab ko’rsating
Dars Urg’u Sinfda chiqadigan qarshilik Tayyorgarlik
17 Xatoni topish Traceback pastdan yuqoriga «Bu tushunarsiz» — bir marta to’g’ri tartibda o’qib bering Debugger’ni proyektorda ishlatib ko’rsating
18 Fayl va CSV Bo’sh qator ko’rinmaydi «Kodim to’g’ri-ku» — faylni oxiriga Enter bosib ko’rsating baholar.csv faylini oldindan tayyorlang
19 Testlash Testning soni emas, qaysi holat «Testim o’tdi» — buzuq versiyani sinang
20 Capstone + AI AI kod yozadi, o’quvchi tekshiradi «19 dars taqiqlangan edi-ku» — tartib o’zgardi, sababini tushuntiring Capstone muddatini oldindan e’lon qiling

Blok testlari (blok-N-test) o’z-o’zini tekshirish uchun — javob darhol ochiladi. Baholanadigan variant Google Forms sahifasida.

Yakuniy loyiha uch qatlamda baholanadi. Mezonlar: Qatlam topshiriqlari javoblari.