Asosiy mazmunga o'tish

Muhit muammolari jadvali — o'qituvchi uchun

Bu sahifa o’quvchilar uchun emas — 0-darsni olib boradigan o’qituvchi uchun. Darsdan bir kun oldin o’qib chiqing va “Oldindan tayyorgarlik” bo’limini bajaring: sinfda muammo chiqqanda qidirishga vaqt bo’lmaydi.

  1. Python o’rnatish faylini (python.org dan) va VS Code o’rnatish faylini USB’ga yuklab qo’ying — sinf interneti 25 kompyuterga bir vaqtda yetmaydi.
  2. Python kengaytmasining .vsix faylini ham yuklab oling: marketplace.visualstudio.com sahifasida Download Extension havolasi bor.
  3. IT mas’ulidan antivirus istisnolarini oldindan so’rang (quyidagi jadvalga qarang).
  4. Tayyor settings.json faylini ham USB’ga oling.
Belgi Sabab Yechim
python buyrug’i topilmadi (is not recognized) O’rnatishda Add Python to PATH belgilanmagan Qayta o’rnatib katakni belgilash. Tezkor vaqtinchalik yechim: python o’rniga py buyrug’ini sinash
python yozilganda Microsoft Store ochiladi Windows’ning bo’sh python yorlig’i ishga tushyapti python.org versiyasini o’rnatish; Settings → Apps → App execution aliases da python.exe va python3.exe ni o’chirish
Run (uchburchak) tugmasi yo’q Python kengaytmasi o’rnatilmagan yoki hali yuklanyapti Kengaytmani o’rnatish, VS Code’ni to’liq yopib qayta ochish
Kod ishlaydi, lekin import xato beradi VS Code boshqa interpretatorni tanlagan Ctrl+Shift+PPython: Select Interpreter → to’g’ri versiyani tanlash
Sinfda internet sekin, kengaytma yuklanmaydi 25 kompyuter bir kanalda Oldindan yuklangan .vsix faylni USB orqali tarqatish: Extensions paneli → ...Install from VSIX
Administrator paroli so’rayapti Maktab kompyuterida cheklangan hisob Python’ni Customize installationInstall for me only bilan o’rnatish; VS Code’ning User Installer versiyasi ham admin so’ramaydi
Antivirus o’rnatishni bloklayapti Maktab antivirusi noma’lum .exe ni to’xtatadi Darsdan oldin IT bilan python.org va VS Code fayllariga istisno qo’shish
Hammada birdan IndentationError Tab va bo’shluq aralashgan (ayniqsa koddan nusxa olganda) Tayyor settings.json ni qo’llash: "editor.insertSpaces": true, "editor.tabSize": 4
Terminalda kirill harflar krakozyabra Terminal kodirovkasi Ko’pincha e’tibor bermasa ham bo’ladi — darslikdagi barcha misollar lotin. Zarur bo’lsa: terminalga chcp 65001
salom.py ishlaydi, input() yozilgan kod “osilib qoladi” Programma foydalanuvchi kiritishini kutyapti — bu xato emas Terminalni bosib javob yozish kerakligini ko’rsatish. Bu 4-darsda alohida o’tiladi
Daqiqa Qadam
0–10 Kirish: nega muhit, nega VS Code
10–35 1–2-qadam: Python + VS Code o’rnatish (USB’dan)
35–50 3–5-qadam: kengaytma, papka, interpretator
50–70 6–7-qadam: birinchi programma + terminal. Har o’quvchida ishlashi shart
70–90 8-qadam: debugger bilan tanishuv
90–105 9–10-qadam: nomlash qoidalari, settings.json
105–120 Zaxira: ulgurmagan kompyuterlarga yordam, sinov savollari

Eng muhim nazorat nuqtasi — 70-daqiqa: shu paytgacha har bir o’quvchi Salom, STEAM Academy! ni o’z ekranida ko’rgan bo’lishi kerak. Ko’rmaganlar bilan zaxira vaqtda ishlanadi, dars davom etaveradi.