Algorithms — Qatlam topshiriqlari mezonlari
Qatlam topshiriqlarining ko’pchiligida bitta to’g’ri javob yo’q. Shuning uchun bu yerda javob kaliti emas, nimani izlash kerakligi yozilgan.
Umumiy mezon — barcha darslarga
“Umumiy mezon — barcha darslarga” bo'limiga havolaBu modulda mezon boshqa modullardan farq qiladi: unda o’lchash va asoslash alohida ball oladi.
| Mezon | Ball | Nimaga qaraladi |
|---|---|---|
| Ishlaydi | 1 | Kod xatosiz ishga tushadi va misolda to’g’ri javob beradi |
| Chegara tekshirilgan | 1 | n = 1, bo’sh kirish, bir xil elementlar, manfiy sonlar sinalgan |
| O’lchangan | 1 | Amal soni yoki vaqt yozilgan. «Tez ishladi» yetarli emas |
| Asoslangan | 1 | Nega to’g’ri ishlashi bir-ikki gapda aytilgan |
To’rt balldan to’rttasi — to’liq. Uchtasi — qabul qilinadi. Ikkitasi — qayta topshiriladi.
Asos qatlamida uchinchi va to’rtinchi mezon so’ralmaydi (2 ball tizimi). Mustahkam qatlamida to’rtinchisi yumshoq qo’llaniladi. Chuqur qatlamida to’rttasi ham talab qilinadi.
Asos qatlami — nimaga qaraladi
“Asos qatlami — nimaga qaraladi” bo'limiga havolaAsos qatlami deyarli har darsda qog’ozda bajariladi va uning maqsadi bitta: algoritmni qo’lda bir marta o’tkazish.
Bu yerda kod talab qilinmaydi va kod yozgan o’quvchiga qo’shimcha ball berilmaydi. Aksincha: qog’ozdagi ish to’liq bo’lmasa, kod uni qoplamaydi.
Nimaga qaraladi: har qadam yozilganmi, oraliq holatlar ko’rinadimi, xulosa bormi. «Javob: 4» — yetarli emas. «Har qadamda stekda nima turgani» — yetarli.
Mustahkam qatlami — nimaga qaraladi
“Mustahkam qatlami — nimaga qaraladi” bo'limiga havolaBu qatlam deyarli har doim mashqlar/NN-nom/ papkasidagi masalani
yechishni so’raydi. Tekshirish avtomatik:
python mashqlar/tekshir.py 13-mashinaSkript ikkala yechimni barcha testda solishtiradi va vaqtini o’lchaydi. O’quvchi chiqishni nusxalab topshiradi — bu ham o’lchash mezonini qanoatlantiradi.
Chuqur qatlami — nimaga qaraladi
“Chuqur qatlami — nimaga qaraladi” bo'limiga havolaChuqur qatlam topshiriqlari uch turga bo’linadi va har birining mezoni boshqa.
O’lchash topshiriqlari (4, 12, 18, 19, 30, 37-darslar). Kutilgan natija — jadval: nima o’lchandi, qanday sharoitda, qanday raqam chiqdi. Nisbat hisoblangan bo’lishi kerak. Bitta raqam yetarli emas.
Sindirish topshiriqlari (2, 3, 6, 15, 27, 32-darslar). Kutilgan natija — yechimni buzadigan aniq kirish va nima uchun buzilishining izohi. «Xato topdim» yetarli emas, test ko’rsatilishi kerak.
Isbot topshiriqlari (6, 8, 14, 16, 24, 31-darslar). Kutilgan natija — mulohaza zanjiri. Bu yerda to’liqlik emas, halollik baholanadi: «bu qadamni isbotlay olmadim» deb yozgan o’quvchi soxta isbot yozganidan yuqori baholanadi.
Aniq javoblar talab qilinadigan topshiriqlar
“Aniq javoblar talab qilinadigan topshiriqlar” bo'limiga havolaKo’pchilik topshiriqda bitta javob yo’q, lekin bir nechtasida bor. Ular quyida.
| Dars | Topshiriq | Kutilgan javob |
|---|---|---|
| 2 (asos) | 3 × 3 × 3 varianti |
27 ta |
| 4 (asos) | n = 10⁶ da n² |
10¹² amal, taxminan 3 soat |
| 5 (chuqur) | Prefiks ko’paytmaga o’tadimi | Nol bo’lsa buziladi: bo’lish mumkin emas |
| 7 (asos) | 1–10⁶ da nechta savol | 20 ta |
| 8 (asos) | 1, 6, 10 tizimida 12 |
Ochko’zlik 10 + 1 + 1 (3 ta), optimal 6 + 6 (2 ta) |
| 17 (asos) | Darajalar yig’indisi | Qirralar sonining ikki barobari |
| 21 (asos) | 4 × 4 da nechta yechim |
2 ta, ular bir-birining ko’zgudagi aksi |
| 23 (asos) | Shox o’lchamlari yig’indisi | Barcha uchlarning chuqurliklari yig’indisi + n |
| 33 (asos) | 16 holatdagi bit sonlari | Eng ko’p — 4 ta, faqat 1111 da |
| 35 (asos) | C(6, k) yig’indisi |
64, ya’ni 2⁶ — barcha ichki to’plamlar soni |
| 36 (chuqur) | Teskari tartibda maydon | Manfiy chiqadi; belgi aylanish yo’nalishini bildiradi |
Nima uchun ball qo’yilmaydigan topshiriqlar bor
“Nima uchun ball qo’yilmaydigan topshiriqlar bor” bo'limiga havolaUch turdagi topshiriq baholanmaydi va buni o’quvchilarga aytish kerak.
39-darsdagi reja. Har kimning rejasi boshqa bo’ladi va «to’g’ri» reja yo’q. Baholanadigan narsa — rejaga qaytib, nimasi ishlamaganini yozganmi.
40-darsdagi musobaqa. Musobaqa natijasi baholanmaydi, upsolving baholanadi. Bu farqni ta’kidlash kerak, aks holda o’quvchilar musobaqada xavfsiz o’ynay boshlaydi.
Har darsdagi <Qoshda>. Bu sinf mashqi, uy vazifasi emas. U
bajarilganini kuzatasiz, lekin ball qo’ymaysiz.
Ikkinchi imkoniyat
“Ikkinchi imkoniyat” bo'limiga havolaQayta topshirish har doim ochiq va u ballni pasaytirmaydi. Sabab bitta: bu modulda qayta topshirish — upsolvingning boshqa nomi, va aynan u o’sish beradi.
Yagona shart: qayta topshirishda o’quvchi nimasi xato bo’lganini yozadi. Tuzatilgan kod yetarli emas, sabab kerak.
Algorithms modulining boshqa materiallari
“Algorithms modulining boshqa materiallari” bo'limiga havola- Dars rejalari — 45 daqiqalik tuzilma va daraja jadvallari
- Haftalik jang — sinf musobaqasi formati
- Olimpiada yo’li — bosqichlar va kalendar
- Qiynaladigan joylar — darsdan oldin o’qiladi